Toshkentning Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
17:04 / 26.09.2024 195 0

Uchtepa tumaniga 2019-yil maydan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Farhod Abdullayev o‘rnini Bunyod Mamajonov egalladi.

 

Bunyod Baxtiyorovich Mamajonov Toshkent shahri Uchtepa tumanining hokimi etib tayinlandi.

 

Bunyod Mamajonov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.

 

2020-yildan shu kunga qadar «Asakabank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

 

Uchtepa tumaniga 2019-yil mayidan buyon Farhod Abdullayev rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//