Siyosat
Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida oʻqituvchi oʻquvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova holat boʻyicha Oʻzbekistondan tushuntirish soʻralganini maʼlum qildi.
Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova vazirlikka yoʻllangan “Toshkentda rusiyzabon bola kaltaklaganiga qanday munosabat bildirasiz?” mazmunidagi savolga javoban mazkur hodisa yuzasidan Moskva Toshkentdan tushuntirish soʻraganini aytgan.
Ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan doʻstona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida oʻrin yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas, degan rossiyalik amaldor.
Mariya Zaxarova Rossiya Oʻzbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar koʻrishni soʻraganini maʼlum qilgan.
“Bu holatni eʼtibor bilan kuzatamiz”, deya xulosa qilgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
Rossiyalik amaldor kaltaklangan oʻquvchi Oʻzbekiston yoki Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ekaniga aniqlik kiritmagan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q