Siyosat
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga murojaat qildi.
“Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eʼtiborga olib oʻzingizga shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz”, deyiladi elchixona xabarida.
Murojaatda Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasining rasmiy xabarlarini kuzatib borish, Isroil frontorti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonlarga oʻrnatish ham soʻralmoqda.
Zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar muassasalarga tashrif buyurmaslik tavsiya etilmoqda.
“Iltimos, oʻz hayotingizni ehtiyot qiling!!!” deyiladi murojaatda.
Elchixona shuningdek, konsullik boʻlimi ishonch telefonlarini ham keltirgan:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda holatlar va shoshilinch xabarlar uchun uchun esa +972 54 485 1397 raqami bilan bogʻlanish zarurligi aytiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q