
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Chilonzor tumanidagi 188-maktabda oʻqituvchi oʻquvchini kaltaklaganligi haqida xabar tarqaldi.
Aniqlik kiritilishicha, voqea 2024-yil 23-sentyabr kuni, soat taxminan 15 lar atrofida Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʼlim maktabida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni ikkinchi smenada oʻqiydigan 6-“V” sinf oʻquvchisi E.G. rus tili fani oʻqituvchisi R.O. ga gap qaytargan va tortishib qolgan.
Natijada oʻqituvchi R.O. oʻquvchi E.G. ni qulogʻidan choʻzib, oʻtirgan partasidan tortib olib chiqqan va oʻquvchining yuziga tarsaki tushirgan.
Bola tan jarohati olmagan.
Taʼkidlanishicha, rus tili fani oʻqituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan boʻlib, uning rasman 188-maktabga ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq hali chiqmagan boʻlgan. Holat uning dastlabki ish kunida sodir boʻlgan.
Voqeadan xabar topgan oʻquvchi E.G. ning ota-onasi oʻqituvchining mazkur xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Taʼlim boshqarmasining xabariga koʻra, ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q