
Madaniyat
Abdulatif Ibragimovich Haydarov Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasiga rahbar etib saylandi.
Saylov kecha, 24-sentyabr kuni assotsiatsiyasining umumiy yigʻilishida amalga oshirilgan.
Haydarov mahoratli ijodkor va koʻplab animatsion filmlar muallifi hisoblanadi.
U 2010-yildan boshlab erkin ijodkor sifatida, 2016-yildan esa “ASTIR ANIMATION STUDIO” MCHJ rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Abdulatif Haydarov “Avtosarguzashtlar”, “Sayyoh” multseriallari, “Xasis baqqol”, “Buyuk ipak yoʻli boʻylab sayohat”, “Toʻmaris” va “Abu Rayhon Beruniy” kabi animatsion filmlarga mualliflik qilgan.
Shuningdek, u mazkur kartinalar orqali milliy animatsiya sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi 2020-yilda nodavlat notijorat tashkilot sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q