Jamiyat
Aliment toʻlovlari oshadi, deya xabar berdi OʻzA. Bu haqida Majburiy ijro byurosining boʻlim katta inspektori Hakimjon Ikromov maʼlum qilgan.
Rasmiyning soʻzlariga koʻra, joriy yilning 1-sentyabridan boshlab qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga koʻtariladi. Yaʼni, sentyabr boshidan pensiyalar miqdorining 15 foizga oshirilishi sabab, endi aliment toʻlovchi nafaqaxoʻrlar toʻlaydigan qarz 15 foizga oʻsadi.
Shuningdek, 1-oktyabrdan maoshiga 15 foiz qoʻshiladigan qarzdor pedagoglar ham aliment undiruvidagi qarzni 15 foizga koʻtarilgan holatda toʻlaydi.
Oyligi 10 foizga oshadigan xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlar esa alimentni 10 foizga oshirilgan qiymatda beradi.
Shu bilan birga, 1-oktyabrdan ishsiz aliment toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan aliment miqdori ham oʻrtacha 10 foizga oshadi.
Agar aliment toʻlovchi shaxs ishlamaydigan yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment undirilayotgan vaqtda qarz summasi Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q