Kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun imtiyozli qarz beriladi

Saqlash
16:17 / 24.09.2024 212 0

Prezident Qaroriga koʻra, 2025-yil 1-yanvaridan kambagʻal oilalarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

 

Shuningdek, bunday turdagi oilalarning talaba boʻlgan farzandlariga talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini toʻlashda yordam koʻrsatiladi.

 

Bunda xarajatlar Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Ushbu amaliyot 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab tatbiq etiladi.

 

Shu bilan birga, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar belgilanadi.

 

Hujjatda yozilishicha, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambagʻal oilalar uchun imtiyozli qarzlar beriladi.

 

Jumladan, ularga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

 

Bundan tashqari, ular uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//