Jamiyat
Oʻzgidromet 27-sentyabrgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Xabarga koʻra, haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 24–25-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida va 25-sentyabr kuni Xorazm viloyatining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan bir oz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
26–27-sentyabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 26-sentyabr kuni biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 24–25-sentyabr kunlarida shimolda va choʻl hududlarda, 26-sentyabr kuni respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Faqat 26-sentyabr kuni biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Harorat kechalari 14-17 daraja, kunduzi kunlari 23–25-sentyabrda 28-31 daraja, 26–27-sentyabrda 24-27 daraja boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 25–26-sentyabrda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q