Jamiyat
Botir Zohidov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Xabarga koʻra, Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida davlat rahbari kun tartibidagi asosiy masalalarga oʻtishdan oldin kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga toʻxtalgan.
Jumladan, kuni kecha imzolangan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning oʻzida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi boshlanayotgani taʼkidlangan.
Xabarda keltirilishicha, Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib boʻlmasligi qayd etilgan.
Shu munosabat bilan Zohidov nomzodi vazirlikning yangi rahbari sifatida maʼqullangan.
Yigʻilishda, shuningdek, mazkur vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan.
Shuningdek, Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtishi maʼlum qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q