
Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligining xabariga koʻra, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari organizmda qarish jarayonini tezlashtiradi.
Jumladan:
▪️ Shakar va barcha shakarli mahsulotlar — shirinxoʻrlar navbatdagi desert bilan oʻzlarini xursand qilayotganlarida organizmda glikatsiya jarayoni ishga tushadi va AGE va RAGE molekulalari toʻplana boshlaydi. Ular yigʻilgan joyda esa yalligʻlanish jarayoni doimiy ravishda saqlanib qoladi va organlarning normal ishlashi buziladi. Shu tarzda “yoshga doir” kasalliklar boshlanadi.
Glyukoza oqsillar va lipidlar bilan bogʻlanadi. Bu esa terining elastikligiga bevosita bogʻliq boʻlgan kollagenga halokatli taʼsir koʻrsatib, erta ajin tushishiga olib keladi.
▪️ Trans yogʻlar — ularning asosiy manbalari fastfud va margarindir. Bu yogʻlar qarish jarayonini tezlashtiradi. Chunki ular qon tomirlarini toraytirib, uning oqimini buzadi. Oqibatda, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi sezilarli darajada ortadi.
▪️ Qahva va kofeinli ichimliklar (energetiklar) — kofeinning koʻp miqdori tana hujayralarining suvsizlanishiga, bu esa moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Energetiklarda kofeinning taʼsiri natriy bilan yanada koʻproq boʻladi. Teri erta qarishining oldini olish uchun har qahva ichgandan keyin albatta bir stakan suv ham ichish muhimdir. Energetik ichimliklardan esa butunlay voz kechish tavsiya etiladi.
▪️ Spirtli ichimliklar — ularni muntazam ichish jigarga jiddiy taʼsir qiladi. Sababi, alkogol ushbu filtrlovchi organda toksinlar toʻplanishiga, bu esa organizmda yalligʻlanish jarayonlari boshlanishi va turli kasalliklarga duchor qiladi.
▪️ Oʻta shoʻr mahsulotlar (pishloq, pissa (ayniqsa pepperoni), chips, krekerlar) — tuz tanadagi suvni ushlab qoladi va bu hujayralarning qisqarishiga olib keladi. Natijada, suvsizlanish yuzaga keladi. Bu esa, tabiiyki, qarish jarayonini tezlashtiradi.
▪️ Qayta ishlangan goʻsht (kolbasa, sosiska va bekon) — ushbu mahsulotlarda ortiqcha tuz va konservantlar mavjud. Shu tufayli ularni isteʼmol qilish suvsizlanishga olib keladi va yalligʻlanishni keltirib chiqaradi. Shuningdek, mazkur mahsulotlar sababli organizmda kollagen ishlab chiqarish uchun muhim boʻlgan S vitaminining miqdori kamayadi.
▪️ Qovurilgan kartoshka — u organizmda deyarli bir zumda shakarga parchalanadi. Bundan tashqari, yuqori haroratda yogʻda qovurilgan mahsulotlar erkin radikallarni chiqaradi. Oqibatda, terining hujayra darajasida shikastlanish yuzaga keladi.
Shu qatorda, ustki qobigʻi och jigarrang boʻlguncha qovurilgan yoki pechda pishirilgan barcha taomlarni ham ushbu roʻyxatga qoʻshish mumkin. Bu ishtahaochar rang, yuqorida taʼkidlanganidek, glikatsiya jarayoniga bevosita bogʻliq, hattoki bu taomga shakar qoʻshilmagan boʻlsa ham.
Xabarda keltirilishicha, uzoq va sogʻlom umr koʻrishni targʻib qiluvchi mutaxassislar tez qovurilgan yoki bugʻda pishirilgan taomlarni isteʼmol qilishni tavsiya qiladi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q