Bu yil uy-joy uchun subsidiya berishda nimalarga eʼtibor qaratilmoqda?

Saqlash
19:46 / 23.09.2024 470 0

Xabaringiz bor, uy-joy uchun subsidiyalarga arizalar berish bugundan boshlanadi.

 

Xoʻsh, joriy yilda subsidiya ajratishda nimalarga eʼtibor qaratiladi?

 

Albatta, subsidiya ajratishning mezonlari bor. Bunda quyidagi shaxsning talablari inobatga olinadi:

 

▪️ oylik daromad miqdori yetarli boʻlishi;

 

▪️ arizachining amaldagi turar joyining maqomi, ijara (er-xotinning nomida uy-joyi mavjud emas) egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotinning nomida uy-joyi mavjud emas), ariza beruvchining oʻz mulkida yakka tartibdagi uy-joyi mavjud (yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun) boʻlmasligi;

 

▪️ ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar, masalan. “labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti, olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi boʻlishi;

 

▪️ yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar;

 

▪️ ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligiga eʼtibor qaratiladi:

- birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs;

- surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi;

- ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotganlar.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy mezonlar asosida 30 (jami 50 balldan) va undan yuqori ball toʻplaganlarga subsidiya beriladi.

 

Taʼkidlash lozim, arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda, maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda, ilgari imtiyozli ipoteka kreditlari asosida kvartira yoki uy-joy hamda subsidiya olganlar ariza berganida, joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda subsidiya ajratish rad etiladi.

 

Shuningdek, ariza beruvchi va/yoki oilaning oʻrtacha oylik daromadi belgilangan summadan koʻp yoki kam boʻlganida ham subsidiya uchun berilgan arizaga rad javobi beriladi.

 

Eslatma! Bundan boshqa asoslar bilan rad etish mumkin emas. Ariza rad etilganidan soʻng yana qayta murojaat qilish mumkin. Subsidiya oluvchilar koʻp boʻlganda, dastlab birinchi ariza berganlarga subsidiya ajratiladi.

 

Subsidiya asosida ajratiladigan kredit miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln, Toshkent shahrida esa 420 mln soʻmni tashkil qiladi.

 

Agar uy narxi subsidiyadagi summadan koʻp boʻlsa, unda banklar yetmagan qismiga oʻz mablagʻidan kredit ajratishi mumkin.

 

Bunda yetmagan qismni bankning oʻzi kredit sifatida beradi va foizini ham mustaqil belgilaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//