Jamiyat
Senatning 20-sentyabr kuni oʻtkazilgan 57-yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Hujjatga binoan, endi tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotganda avtomatlashtirilgan foto- va video texnik vositalar orqali qayd etilsa, haydovchilar xizmat vazifasini bajarayotganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilmasa ham, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi. Yaʼni, kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda.
Shu bilan birga, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun, jumladan, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek, individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmatni oʻtash vaqtida yoʻl harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda qoidabuzarga joyning oʻzida jarima qoʻllashi mumkinligini nazarda tutuvchi vakolati bekor qilinmoqda.
Parlament aʼzolarining fikricha, Qonunning qabul qilinishi yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashga, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q