Xitoydagi Ipak yoʻli kinofestivali tanloviga oʻzbek filmi ham qabul qilindi

Saqlash
16:50 / 20.09.2024 134 0

21–25-sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtadigan Ipak yoʻli kinofestivali boʻlib oʻtadi.

 

Kinematografiya agentligining xabar berishicha, festival doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan filmlar tanloviga Akbar Bekturdiyevning “Oʻzbek qizi” badiiy filmi ham qabul qilingan.

 

 

Festival rasmiy saytida keltirilishicha, 136 davlatdan 2065 ta kino konkurs uchun taqdim etilgan. Bular orasidan 24 ta film tanlab olinishi koʻzda tutilgan.

 

Xalqaro tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidan Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov, markazning Xalqaro aloqalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi Sayyora Xudoyberdiyeva oʻrin olgan.

 

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar – “Bahodir Yalangtoʻsh” kartinasi aktyorlari Boir Xolmirzayev hamda Tohir Saidov, festival ochilish marosimida chiqish qilishi kutilayotgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Zulayho Boyxonova, “House” va “101-reys” filmlari rejissyorlari – Jamshid Narziqulov va Akrom Shohnazarov, shuningdek, “Oʻzbek qizi” filmi bosh qahramoni Aysanem Yusupovalardan iborat ijodiy guruh ham Xitoydagi festivalda ishtirok etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//