Jamiyat
Oʻzgidromet 3 kunlik (20-22-sentyabr) ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha iliq, asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 21-sentyabr – shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Respublikaning togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda ham yogʻingarchilik kuzatiladi.
Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda oʻrtacha tezlikkacha esadi. 21-22-sentyabrda esa ayrim hududlarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida 20-21-sentyabr kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 22 sentyabrda esa havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechalari 14-17, kunduz kunlari 28-31 daraja issiq boʻladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q