Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi maktablardan birida maktab oʻquvchisi onasi tomonidan kuch ishlatilib, darsdan olib chiqib ketilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat boʻyicha Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea joriy yilning 5-sentyabrida Ellikqalʼa tumanida joylashgan 28-maktabda sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni 1-sinf oʻquvchisi X.Y. (oʻgʻil bola)ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib kelib, oʻqituvchi uni toʻxtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib, majburan oʻgʻlini sinfdan olib chiqib ketgan.
Hozirda S.Sh va boshqa shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid tegishli hujjatlar toʻplanib, sudga yuborilgan.
Xabarga koʻra, bugun, 20-sentyabr kuni mazkur ish sudda koʻrib chiqilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar oʻrtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.
Mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan.
Ayni vaqtda X.Y.ning taʼlim olish huquqi tiklanib, bola maktabda oʻqishini davom ettirmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q