“Vafot etganlarning yaqinlari tashlab qoʻyilmaydi” – Senat raisi

Saqlash
16:35 / 20.09.2024 324 0

Bugun, 20-sentyabr kuni tashkil etilgan Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida Tanzila Norboyeva Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida yuz bergan avariya oqibatida halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

 

“Shu oʻrinda yana bir masalani aytib ketmoqchiman, hurmatli yigʻilish ishtirokchilari. 1-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi ”Mustaqillikning 25 yilligi“ gaz konida burgʻilash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt, yaʼni vodorod sulfit gazining chiqishi kuzatildi. Bugungi kunda jamoatchilikni(ng) diqqat markazida boʻlib turgan masala, hammamiz buni eshitdik. Biz, mana shu munosabat bilan vafot etgan fuqarolarimiz bor, (ularning) yaqinlariga sabr tilaymiz. Oilalari davlatimiz, Prezidentimiz nazoratida, buni hammalaringiz eshitdingiz. Alohida topshiriq ham boʻlgan ularning taʼminoti masalasida. (ular) tashlab qoʻyilmaydi. Biz ham oʻz hamdardligimizni bildiramiz”, degan Senat raisi majlis davomida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//