Jamiyat
Inbazar MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida Inbazar savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda:
In Mag MCHJ;
Go Trend MCHJ;
KDS Sales MCHJ.
Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan ta’minlangan.
Soliq organlari tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida, mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha jarimalar qo‘llanilgan.
Shtatida 1 nafar xodim ishlashi ko‘rsatilgan Inbazar MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.
Inbazar MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida 2020-yil 7-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan. 2024-yil 1-sentyabr kuni holatiga ko‘ra, ushbu MCHJning faollik holati “faoliyat ko‘rsatayotgan” bo‘lgan. “Stat.uz”ning 19-sentyabr kungi ma’lumotiga ko‘ra, MCHJning holati “faoliyat ko‘rsatmayotgan” holatga o‘zgartirilgan.
Shuningdek, bir qator ochiq manbalarda 18-sentyabr kuni Inbazar MCHJning holatiga o‘zgartirish kiritilib, “tugatilish jarayonida” ekanligi qayd etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q