Siyosat
Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabar aytilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingan.
Farmonga asosan, 2025-yil 1-yanvardan:
yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi;
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112428
Jamiyat
95087
Jamiyat
91306
Jamiyat
76005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q