Boysun konidagi avariyada 11 kishi tan jarohati olgan

Saqlash
14:40 / 19.09.2024 264 0

Boysun tumanidagi “Mustaqillik-25” gaz konida sodir boʼlgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok boʼlishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Vazir Joʻrabek Mirzamahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va oʻziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib koʻrsatdi.

 

18-sentabr kuni “Mustaqillikning 25-yilligi” konida yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing boʼlib oʻtdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

 

Konning oʻzida boʼlib oʻtgan brifingda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov va Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qoʻldoshev ishtirok etgan.

 

Avvalroq kondagi avariyada 4 kishi halok boʼlgani xabar qilingandi. Vazirlikning maʼlum qilishicha, bundan tashqari, yana 11 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yuborilgan. Shu kunning oʻzida ularning 10 nafariga uyiga javob berilgan.

 

Ayni paytda bu yerda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

 

“Nega bu hodisa yana takrorlandi?”, degan savolga javoban Joʻrabek Mirzamahmudov bu mazkur konning geografik joylashuvi va oʻziga xos xususiyatlari bilan bevosita bogʻliqligini aytgan.

 

“Mustaqillikning 25-yilligi” koni Surxondaryo viloyatida joylashgan boʼlib, Boysun shahridan 20 kilometr janubi-sharqda. Geografik jihatdan hudud togʼ oldi va adir relyefiga kiradi. Relyefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//