
Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, davlat belgisining haqiqiy egasi oʻzi boʻlmagan joylarda ham jarimalarga tushgan.
Andijon viloyati YPXXʼning xabar berishicha, 2024-yil 17-sentyabr kuni 60 J 714 YA davlat belgisiga ega Malibu avtomobili egasi oʻzi bormagan joylarda ham qoidabuzarliklarga tushayotgani yuzasidan murojaat qilgan.
Farqlovchi belgilar oʻrganib chiqilib, shubha uygʻotgani sabab tezkorlik bilan qidiruv-surishtiruv ishlari boshlangan.
“Koʻrilgan chora-tadbirlar davomida soxta davlat belgisi yasab, undan foydalanib kelayotgan fuqaro avtomobili qoʻlga olinib, jarima maydonchasiga qoʻyilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlar olib borilmoqda”, deydi YPXX masʼuli.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q