Jahon
Xitoylik Shen tengdoshlaridan farqli oʻlaroq, blogerlik qilib emas, qovurilgan tovuqlar savdosi orqali birdaniga boyib ketdi.
17 yoshlik oʻsmir Shen gazakxonada 10 kun ichida 10 ming yuan ishlab topgach, taʼlim bilan “xayrlashdi”. Aslida, bolani mehnatga oʻrgatish hamda oʻqishga masʼuliyat bilan yondashishni shakllantirish uchun uning onasi ishlashiga majburlagan.
Muammo oshpazlik maktabida oʻqiydigan bolaning baholari yomonlashib ketishidan boshlangan. Shen onasining barcha eʼtiroz va koʻrsatmalariga javoban, ortiq maktabga borgisi yoʻqligini, chunki oʻqish – mazmunsiz mashgʻulot ekanini taʼkidlagan.
Shunda Shenning koʻcha rastalarida qovurilgan tovuq sotadigan onasi unga haqiqiy hayot, toʻlaqonli mehnat qanday boʻlishi hamda nima uchun koʻproq narsaga erishish uchun oʻqish zarurligini tushuntirmoqchi boʻldi. Oʻgʻliga oʻzi ishlayotgan rastada sotuvchilik qilish taklifini berdi.
“Pul ishlab topish oson emas. Men oʻgʻlim buni tushunishini va oʻqishiga jiddiyroq munosabatda boʻla boshlashini xohlagandim” – deydi xitoylik ayol.
Voqealar rivoji kutilmagan tus oldi: Shen har kuni tongda uygʻotkich tovushidan uygʻonib, sotish uchun tovuqlarni tayyorlay boshladi. Keyin elektr velosipedida rastagacha 13 kilometr bosib oʻtib, soat 16:00 dan yarim kechasigacha savdo qiladi. Uyga esa soat yarim kechasi 2:00 da qaytadi.
Bolaning bu gʻayrati oʻz natijasini berdi: 10 kun ichida u 10 ming yuan ishlab topdi.
Shen bu ishini toʻxtatmoqchi emas, u uch gʻildirakli elektr velosiped xaridi uchun pul jamgʻarishni rejalashtirgan. Lekin maktab bilan ish yaxshi “chiqishmaydi”. Onasining majburlashiga qaramay, yosh tadbirkor qaror qabul qilib boʻldi.
“Oʻgʻlim 17 yoshda, u oʻz fikrini bildirish huquqiga ega. Agar u oʻzi xohlaganday yashay olmasa, baxtli boʻlolmaydi. Men uchun eng muhimi esa uning sogʻ va baxtli boʻlishi” – deydi mehnatkash ona.
Maʼlumot uchun: 10 000 yuan = 17 mln 972 ming 760,96 soʻm
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q