Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga murojaat bilan chiqdi

Saqlash
22:21 / 18.09.2024 283 0

“Toshkent metropoliteni” DUK maʼmuriyati yoʻlovchilar va OAV vakillari bilan Matbuot anjumani shaklida ochiq muloqot oʻtkazishni taklif qildi.

 

Bundan maqsad, yoʻlovchilar sonining keskin koʻpayishi va qish fasli yaqinlashib kelayotgani sababli yoʻlovchilarga madaniyatli xizmat koʻrsatish hamda metropoliten toʻgʻrisida toʻliq, haqqoniy maʼlumotga ega boʻlish, shuningdek, OAV vakillari bilan yanada yaqinroq munosabatlarni oʻrnatishdir.

 

Muloqot har oyning birinchi oʻn kunligida muntazam tarzda doimiy amalga oshirilishi aytiladi.

 

Shuningdek, Metropoliten maʼmuriyati yoʻlovchilarning metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini soʻragan. Jumladan, murojaatda harakatlanish vaqtida oʻzaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yoʻlovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik kabilar talab etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//