Jamiyat
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25-yilligi” gaz konida sodir boʻlgan yangi avariya oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi, deya maʼlum qildi Gazeta.uz. Bu maʼlumotni Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov nashrga tasdiqlagan.
Asadovning aytishicha, halok boʻlganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari boʻlgan. Ularning shaxsiga ham aniqlik kiritilgan.
Ma'lumot uchun, bugun, 18-sentyabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura vakillari ishtirokida oʻtgan brifingda esa hodisa natijasida ikki kishi halok boʻlgani aytilgan edi.
Prezidenti matbuot kotibining maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir boʻlishi bilanoq xabar berilgan. U tegishli topshiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida maʼlumot olmoqda.
Hodisa sodir boʻlgan joyga allaqachon masʼul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
Xabarga koʻra, hodisa tafsilotlari va boshqa maʼlumotlar kechqurun Boysun tumanida boʻlib turgan favqulodda vaziyatlar va energetika vazirlari tomonidan eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q