Yulduz Usmonova Rossiyada taqdirlandi

Saqlash
14:25 / 18.09.2024 324 0

Rossiyaning Ufa shahrida boʻlib oʻtgan “Hamdoʻstlik yulduzlari” taqdirlash marosimida Yulduz Usmonova “Madaniyat va sanʼatga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasi boʻyicha mukofotlandi. Bu haqida TASS xabar berdi.

 

Shuningdek, mazkur mukofotlar Ozarbayjon xalq artisti Sakit Mamedov hamda Qozogʻiston Milliy drama teatri aktyori Tungishbay Jamanqulovga ham berilgan.

 

Maʼlumot uchun, “Hamdoʻstlik yulduzlari” xalqaro mukofoti MDHga aʼzo davlatlar gumanitar hamkorlik kengashi tomonidan 2009-yilda taʼsis etilgan.

 

U MDHga aʼzo davlatlar vakillariga hamdoʻstlik rivojlanishiga hissa qoʻshgani uchun beriladi.

 

Mukofotning pul ekvivalenti 2 million rublni tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//