Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar uchun ariza qabul qilish sanasi maʼlum boʻldi

Saqlash
17:33 / 18.09.2024 394 0

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentyabr kuni, soat 09:00 da boshlanadi.

 

Taʼkidlanishicha, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan.

 

Jumladan, endilikda ariza beruvchining xohishiga koʻra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin boʻladi.

 

Talabgor ariza topshirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borishi yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishi mumkin.

 

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki uning turmush oʻrtogʻi (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) oladigan oʻrtacha daromad quyidagi miqdorda boʻlishi lozim:

 

▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming soʻm);

 

▪️ Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming soʻmgacha).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//