Jamiyat
Davlat xaridlarida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan Urgancha davlat universitetiga nisbatan tegishli chora koʻrildi, deb xabar berdi Raqobat qoʻmitasi.
Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilishi kerak boʻlgan 7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi boʻyicha boshlangʻich narxi 29,7 mlrd soʻm boʻlgan tender savdosi yuzasidan oʻrganish ishlarini oʻtkazgan. Oʻrganish ishlari Xorazm viloyati prokuraturasining topshirigʻiga asosan amalga oshirilgan.
Aniqlanishicha, universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga taqdim qilingan anketada obyektni sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasiga koʻra II toifa qilib koʻrsatilgan.
Aslida esa 9 qavatgacha boʻlgan oliy taʼlim muassasalari III toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimdir. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 496-sonli qaroriga asoslanadi.
Gap shundaki, agar hududda qurilayotgan obyekt II toifaga kirsa, boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklanib qoladi.
Shu tariqa universitet boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining ishtirok etish huquqini buzgan.
Raqobat qoʻmitasining xabariga koʻra, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan endilikda Urganch davlat universitetiga nisbatan (“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan) belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga maʼmuriy javobgarlik belgilash boʻyicha tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborilgan.
Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma ham berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q