Jamiyat
Poytaxtda “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” ish boshlaydi. Mazkur yangi loyihaga koʻra, endi Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida boʻlgan oʻzbekistonliklar shu yerning oʻzida kasb va tilga maqsadli oʻqitiladi.
Xabarda keltirilishicha, Samarqand shahrida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “Globogate Concept AG” konserni oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan boʻlib, hujjatda talabgorlarning Oʻzbekistonda tayyorlash shartlari belgilab berilgan.
“Globogate Concept AG” konserni bosh direktori Sang Vu Pay soʻzlariga koʻra, Davolash boʻyicha Yevropadagi ikkinchi yirik Universitet klinikasi Aaxen bilan birgalikda Toshkentdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi 1-Respublika tibbiyot texnikumi bazasida nemis tibbiy-taʼlim dasturlari asosida “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil qilinadi.
“(Talabgorlar) bir yil davomida kasb va til oʻrgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qoʻlga kiritadi”, – deydi u.
Shartnomada, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlari ikki davlat qonunlari bilan ham himoya qilinishi koʻrsatib oʻtilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q