Jamiyat
Kuni kecha Qonunchilik palatasi yigʻilishida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan.
Hujjat bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarish qilinadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari – qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, ot, eshak, tuya, it, mushukni identifikatsiya qilinishi (vizual yoki elektron birkalarni hamda elektron mikrochiplarni hayvonlarga oʻrnatish) nazarda tutilgan.
Biroq mazkur qonun loyihasini izohlash jarayoni notoʻgʻri talqin qilingani bois ijtimoiy tarmoqlarda feyk xabarlar tarqalib ketdi.
Palata spikerining oʻrinbosari Odiljon Tojiyevning maʼlum qilishicha, qonun loyihasini koʻrib chiqish jarayonida deputatlar tomonidan eshak, it va mushukning identifikatsiya qilinishi asosliligi yuzasidan eʼtirozlar bildirilgan.
Eʼtirozlar qonun tashabbuskorlari tomonidan qabul qilinib, loyiha birinchi oʻqishda maʼqullangan taqdirda, ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida olib tashlanishi qayd etilgan.
“Qonun loyihasida eshak goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan”, deb yozadi spiker oʻrinbosari.
Uning taʼkidlashicha, umuman bu qonun “goʻsht isteʼmoli” haqida emas, balki hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish munosabatlarini tartibga soladi. Matbuot xabarnomasidagi tahririy xato tufayli tushunmovchilik kelib chiqqan.
Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kecha joylangan izohga endilikda oʻzgartirish kiritildi. Jumladan, goʻsht va boshqa mahsulotlar olinadigan hayvonlar sanab oʻtilganda, xato tariqasida kiritilgan uy hayvoni olib tashlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q