Sirtqi taʼlimda oʻqiydigan talabalar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

Saqlash
17:12 / 17.09.2024 423 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida sirtqi taʼlimda oʻqiydigan talabalarni “Ferienjob – work and travel” dasturi boʻyicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga taklif qiladi.

 

Bunda sohalar:

▪️ Ishlab chiqarish;

▪️ Sanoat;

▪️ Omborxona logistikasi;

▪️ Qadoqlash;

▪️ Gastronomiya.

 

Qiziqish bildirganlardan quyidagilar talab etiladi:

▪️ Oliygohlarning faqat sirtqi boʻlimi talabalari boʻlishi;

▪️ 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida taʼtil davrida boʻlishi.

▪️ yoshi 18-35 oraligʻida boʻlishi.

 

Mehnat uchun soatiga 14 yevrodan haq toʻlanadi (taxminan 198 ming soʻm).

 

Beriladigan afzalliklar:

▪️ viza hujjatlarni tayyorlash va butun jarayon davomida koʻmak;

▪️ turar-joy topishda koʻmak (shahar va ish joyiga qarab 450 yevrodan 600 yevrogacha).

 

Murojaat uchun:

(93) 454-64-27

(99) 025-95-95

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//