Jahon
Olmaotadagi boshlangʻich maktab oʻquvchilari endi darsda uxlashi mumkin, deb xabar berdi Aqshamnews.kz nashri.
Taʼkidlanishicha, mizgʻib olishi uchun ularda hatto “uyqu stoli” ham mavjud.
Bu orqali maktablar zamon bilan hamnafas boʻlishni maqsad qilmoqda. Bundan tashqari, sunʼiy intellektdan ham maksimal darajada foydalanish yoʻlga qoʻyilgan.
Izohda yozilishicha, zaif bolalarga uzoq vaqt oʻtirish mumkin emas. Bundan tashqari, ayrim bolalar uzoqdan qatnaydi. Ular maktabga borish uchun erta turadi. Ustiga-ustak, tirbandliklarda turib, toliqadi. Bularning barchasi oʻquvchining sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Shularni inobatga olgan holda bolalarning 20 daqiqalik tanaffus paytida “uyqu stol”larida biroz dam olishiga, uxlashiga sharoit yaratilmoqda.
“Uning xususiyati shundaki, talabalar qoʻngʻiroq paytida 15-20 daqiqa dam olishlari mumkin. Yaʼni, yotgan stollarda uxlashi mumkin. Biz bu amaliyot bolalar salomatligiga qanday taʼsir qilishini, darsda oʻzini qanday tutishini, oʻquv jarayonini amalda kuzatib boramiz” deydi oʻqituvchilardan biri.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q