Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun qoʻshimcha qabul kvotalari belgilandi

Saqlash
15:31 / 17.09.2024 206 0

Prezidentning 2022-yil 31-avgustdagi Farmoniga koʻra, qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun qoʻshimcha kvota ajratilishi belgilangan.

 

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida 10 000 ta qoʻshimcha qabul parametri tasdiqlandi. Kvotalar ajratilishida tumanlar kesimida tarmoq sohalari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj inobatga olingan.

 

Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

 

▪️ Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti;

 

▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTM va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti;

 

▪️ viloyatlardagi OTM va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

 

Xabarda keltirilishicha, 10 000 ta qoʻshimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirilgan.

 

Qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpogʻistonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishi mumkin.

 

Oliy taʼlim muassasalariga ham tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//