
Jamiyat
“UzAuto Motors” AJ bosh direktori, shvetsiyalik Bo Inge Anderssonga ish haqining 5% miqdorida jarima tariqasidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. Bu haqdagi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida maʼlum qilindi.
Bunga u AJning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrmagani sabab boʻlgan.
Buning oqibatida xorijlik mutaxassisga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan intizomiy jazo chorasi koʻrilgan.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish AJning Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori (I.Abdullayev) va Moliya direktoriga (I.Radjabov) yuklatilgan.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q