Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozogʻistonga boradi

Saqlash
23:08 / 16.09.2024 165 0

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

 

Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Xabarda yozilishicha, yigʻilishda savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Bundan tashqari, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qoʻshma uchrashuv oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot uchun, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit oʻtgan yili 29-sentyabr kuni Berlin shahrida oʻtkazilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//