Jamiyat
Oʻzgidromet 17-sentyabr kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 26-28° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ertalab ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° boʻladi.
Respublikaning togʻli va togʻ oldi hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 12-17° boʻladi.
Maʼlumot uchun, ushbu ob-havo prognozi 16-sentyabr, soat 20:00 dan 17-sentyabr, soat 20:00 gacha boʻlgan vaqtga taalluqli.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q