Jamiyat
Bolgariyaga ishlashga borib, hujjatlari va pullarini oʻgʻirlatgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi.
Maʼlum boʻlishicha, 30 yoshli fuqaro J.M. joriy yilning sentyabr oyida Bolgariyadan Turkiyaga uchib kelgan va shu kunning oʻzida Fotih tumanida “Sulton Ahmad” jome masjidi yaqinida oʻziga tegishli boʻlgan sumkasini oʻgʻirlatib qoʻygan.
Shundan soʻng, u Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga Oʻzbekistonga qaytishda yordam berishni soʻrab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona fuqaroga uyga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib, vaqtincha Turkiyada yashashi uchun boshpana bilan taʼminlagan.
Shu bilan birga, “Uzbekistan Airways” AJ Istanbul vakolatxonasi va saxiy oʻzbekistonliklar homiyligi yordamida J.M.ga aviachipta xarid qilinib, Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111064
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q