![](/storage/posts/February2025/08GB4khYiY26xJHFvN0y-small.jpg)
Jamiyat
Para-atletlar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan oʻtgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev mohir va jonkuyar murabbiylarga, barcha mutasaddi va mutaxassislarga ham minnatdorlik bildirdi.
Jumladan, para yengil atletika boʻyicha tajribali trenerlar – Ibrohimjon Yusupov, Yahyobek Yaqubov, Sardor Xudayberganov, Grigoriy Kamulya, Azizjon Normatov, Rahmonberdi Xoʻjamov, Galina Kazakovaga, para dzyudo boʻyicha mohir murabbiylar – Mahmud Omonov, Muratboy Dusumbetov, Alfiya Ibragimova, Fozil Karamatov va para taekvondo boʻyicha taniqli murabbiy Bobur Qoʻziyevga, pauerlifting boʻyicha tajribali ustozlar – Fazliddin Umirzoqov, para suzish boʻyicha Ravshanbek Amilov va oʻq otish boʻyicha Natalya Yefimovaga, shuningdek, psixolog mutaxassis Lola Agzamovaga alohida tashakkur izhor etildi.
“Bugun bir haqiqatni toʻla ishonch bilan ayta olamiz: Yangi Oʻzbekistonning oʻz matonat maktabi, shon-sharaf maktabi bor. Bu maktabning chinakam bunyodkorlari sizlar, desak, bu ham ayni haqiqat boʻladi”, – deya taʼkidlagan davlat rahbari.
Shuningdek, kelgusida yurtimizda parasport turlari bilan birga nogironligi boʻlgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan sport turlarini ham keng rivojlantirishga alohida ahamiyat berilishi maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q