Jamiyat
Oʻzgidromet 15–17-sentyabr kunlari uchun ob–havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi — 15-sentyabrda 21–26°, 16–17-sentyabrda 23–28° boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabr kuni baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi — 15–16-sentyabrda 12–17°, 17-sentyabrda 10–15°, kunduz kunlari 25–30° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ham havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-sentyabrda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi — 15–16-sentyabrda 12–17°, 17-sentyabrda 10–15°, kunduzi – 15-sentyabrda 27–32°, 16–17-sentyabrda 25–30° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 12–17°, kunduzi — 15–16-sentyabrda 27–32°, 17-sentyabrda 28–33° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 10–15°, kunduzi — 15–16-sentyabrda 26–31°, 17-sentyabrda 25–30° boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 15-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16–17-sentyabrda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, 17-sentyabrda baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi — 15–16-sentyabrda 18–23°, 17-sentyabrda 13–18° boʻladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q