Jamiyat
Boysun tumanida 1-sentyabr kuni “Mustaqillikning 25-yilligi” koniga qarashli quduqda burgʻilash ishlari vaqtida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi. Oradan 10 kun oʻtgan boʻlsada, gazning chiqishi haligacha toʻxtagani yoʻq.
11-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida FVV matbuot xizmati rahbari oʻrinbosari Samandar Hikmatullayev Boysundagi holat yuzasidan izoh berdi. Uning aytishicha, hududda hukumat komissiyasi ish olib bormoqda va vaziyat yaqin kunlarda nazoratga olinadi.
«Gazning tabiatga chiqarayotgan zararini kamaytirish maqsadida sizib chiqqan gaz yoqib qoʻyilgan. Bu tajriba butun dunyoda bor. Shamol qaysi tomonga essa gaz oʻsha tomonga qarab esib boradi. Bu yer (Boysun) togʻoldi hudud boʻlgani bois turli tomonlardan shamol esadi.
Oʻsha hududdagi bir nechta qishloq aholisi evakuatsiya qilingan. Lekin aholi yashash joyiga qaytib kelish holatlari kuzatilmoqda. Ommaviy zaharlanishlar yoʻq. Toʻgʻri, mol-hollarini, uy-joylarini koʻrish uchun kelgan fuqarolarda ayrim hollarda zaharlanish hollari bor. Bu yengil zaharlanish. Shifokorga murojaat qilganidan soʻng qisqa vaqt ichida ular kerakli yordamni olib, shifoxonadan chiqqan holatlar bor. Ular oʻz ishlarini davom ettirmoqda», degan Samandar Hikmatullayev.
FVV masʼulining qoʻshimcha qilishicha, yaqin kunlarda bu konni jilovlash ishlari olib boriladi, ammo muddati aniq emas.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q