Jamiyat
Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda kambagʻallikka tushish sabablari har xil ekani, yechimi ham alohida-alohida boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, yigʻilishda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.
Unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida Oʻzbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.
Xabarda bundan buyon kambagʻallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi taʼkidlandi.
Shu maqsadda mutasaddilarga har bir mahallani toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ulardagi “kambagʻal oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi.
Maʼlum boʻlishicha, endilikda kambagʻal oila boʻyicha individual dastur boʻladi. Har bir vazirlikning esa aniq vazifasi koʻrsatiladi.
Jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimi oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish bilan shugʻullansa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi kimni reyestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob berishi belgilandi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73433
Jamiyat
//
Izoh yo‘q