Prezident ayrim viloyat hamda tuman hokimlarini tanqid qildi

Saqlash
22:28 / 11.09.2024 400 0

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Prezident matbuot kotibi bergan xabariga koʻra, davlat rahbari kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emasligini koʻrsatib oʻtgan.

 

Masalan, oʻtgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambagʻallik 2 foizdan ortiq kamaygan boʻlsa, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent shahrida oʻzgarish boʻlmagan.

 

Respublikaning 15 ta tumanida (Amudaryo, Beruniy, Qonlikoʻl, Nukus, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa) esa kambagʻallik 20 foizdan yuqori.

 

Mazkur tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion soʻmlik arzon kredit va subsidiya berilgan boʻlsa-da, oʻzgarish kuzatilmagan.

 

Xabarda keltirilishicha, aholiga boʻlib berilgan yerlar boʻyicha 17 ta tumanda (Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dangʻara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Bandixon, Oʻrtachirchiq, Boʻka, Taxiatosh) 2-3-martadan hosil olish hisobiga kambagʻallik 2 karra kamaygan. Biroq 14 ta tuman(Qonlikoʻl, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqalʼa)da oʻzgarish sezilmayapti.

 

Yigʻilishda Prezident tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi boʻyicha qatʼiy eʼtiroz bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//