Jamiyat
Bugun, 11-sentyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Toshkent shahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xabarda keltirilishicha, unda ayrim imom-domlalar zimmasidagi birlamchi vazifasiga jiddiy yondashmayotgani, moʻmin-musulmonlar ehtiyojini taʼminlashda yetarli saʼy-harakat qilmayotgani va ijro intizomidagi nuqsonlar qattiq tanqid ostiga olingan. Belgilangan tartib-qoidalar, mehnat shartnomalari talablari va lavozim yoʻriqnomalariga rioya etmayotgan imom-domlalarga esa chora koʻrilgan.
Jumladan, 2024-yilning oʻtgan sakkiz oyida mana shunday xato-kamchiliklarni sodir etgan, din peshvosi sifatida ish faoliyatiga eʼtibor qaratmagan va mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etilgan. Bundan tashqari, 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga hayfsan intizomiy chorasi qoʻllanilgan.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi mazkur yigʻilishda har bir imom-xatib din va mehrob omonatini chuqur his etishi, faoliyatini yaxshilab borishi, zamon bilan hamnafaslikda doimiy bilim-malakalarini oshirishi va peshvolik maqomiga munosib boʻlishini taʼkidlagan. Shuningdek, barcha imom-xatiblarni ushbu martabada shariat xodimi sifatida ixlos-u muhabbat, taqvo va sadoqat bilan xizmat qilishiga daʼvat etgan.
Yigʻilish yakunida esa masʼullarga berilgan topshiriqlar yuzasidan reja ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifalari yuklatilgan.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q