Sport
Joriy yilning 7–8-sentyabr kunlari Polshaning Krotoshin shahrida sumo boʻyicha yigirma beshinchi jahon chempionati boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Eʼtiborlisi, musobaqada Oʻzbekiston sharafini 4 nafar sumochi (2 nafar erkak, 2 nafar ayol) himoya qilgan:
▪️ Abduqodir Usmonov (80 kg);
▪️ Maxmudjon Maksudov (115 kg);
▪️ Faridaxon Tulashova (73 kg);
▪️ Durdona Abdujabborova (mutlaq ogʻir vazn).
Maʼlum boʻlishicha, Durdona Abdujabborova ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda yaxshi natija koʻrsatib, mazkur jahon chempionatida bronza medalini koʻlga kiritgan.
Shu tariqa u Oʻzbekiston sumo sporti tarixida birinchi jahon chempionati medaliga sazovor boʻlgan sportchiga aylangan.
Abdujabborova bahslar davomida Estoniya, Polsha va Ukraina sportchilari bilan kurashgan. Natijada, ikkita gʻalaba, ikkita magʻlubiyat qayd etgan. Yakunda esa u jahon chempionati sovrindorlari qatoridan joy olgan.
Maʼlumot uchun, Polsha tashkil etilgan ushbu musobaqada 33 ta mamlakatdan 200 ga yaqin sumo sporti vakillari qatnashgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q