Jamiyat
“Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan boshlangʻich narxi 2 mlrd 620 mln soʻm boʻlgan davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Raqobat qoʻmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasida 2023-yil hamda 2024-yilning oʻtgan davri davomida oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilgan.
Ushbu jarayonda boshlangʻich narxi 2 mlrd 620 mln soʻmlik 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi aniqlangan.
Jumladan, tanlov hujjatlariga mos ravishda baholamaslik, muvofiqlashtirish hamda ishtirokchilar oʻrtasidagi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan talablar mavjudligi alomatlari kuzatilgan.
Yakunda, Maxsus komissiya tomonidan “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga amal qilinmaganligi holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
109728
Jamiyat
94107
Jamiyat
89894
Jamiyat
73093
Jamiyat
//
Izoh yo‘q