Jamiyat
6-8 sentyabr kunlari Toshkentda mashhur xorijlik qoʻshiqlar ishtirokida Pepsi Music Fest 2024 tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu festival ajoyib musiqiy chiqishlardan tashqari, baʼzi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bezorilik harakatlari tufayli ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan ularning shaxsi aniqlanib, javobgarlikka tortildi.
6-8 sentyabr kunlari Toshkentda mashhur xorijlik qoʻshiqlar ishtirokida Pepsi Music Fest 2024 tadbiri boʻlib oʻtdi. Avvalroq ushbu festivalda mashhur qoʻshiqchilar, jumladan Nicole Scherzinger va Willy William qatnashishi maʼlum qilingandi. Poytaxtning markaziy hududlaridan biri, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldida oʻtkazilgan ushbu tadbirga xabarlarga koʻra, 100 mingdan koʻproq odam kelgan.
Festivalning birinchi kunida tartibsizlik yuzaga keldi. Odamlar Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari ogohlantirishiga qaramay, toʻsiqlarni buzib oʻtdi, katta tiqilinchlar paydo boʻldi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda mushtlashuvlar, yoshlar ishtirokida turli giyohvand moddalar isteʼmol qilingan videoyozuvlari tarqaldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holatlarga munosabat bildirib, festivalning ikkinchi va uchinchi kunlarida huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoat tartibini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlari kuchaytirilgani, aybdorlar shaxsi aniqlanib, qoʻlga olinganini maʼlum qildi.
Toshkent shahar IIBB maʼlum qilishicha, musiqiy tadbirda jamoat tartibini buzgan 11 nafar voyaga yetmagan shaxslar va ularning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazilgan hamda ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan.
Giyohvand moddalar isteʼmolini targʻib qilgan shaxs esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorlik) hamda 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topilib, unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va BHMning 3 baravari (1 million 20 ming soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilgan.
IIBBʼning xabar berishicha, festival va tartibsizlik davomida hech kim tan jarohati olmagan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q