12-sentyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
17:11 / 11.09.2024 317 0

Oʻzgidromet Oʻzbekistonda ertaga, 12-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 29-31° boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27-32° boʻladi.

 

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29-34° boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//