Jamiyat
Kecha, 10 sentyabr kuni “Umra – 2024” mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.
Mazkur reysda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar ziyoratchi Jidda shahriga yoʻl olgan.
Maʼlumot uchun, ular safar doirasida Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun boʻladi.
Xabarda yozilishicha, mavsum davomida 4 nafar tajribali ishchi guruh va har bir guruhga voiz imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari (ellikboshi) hamda 2 nafar malakali shifokor ziyoratchilarga xizmat koʻrsatadi.
Ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qiladi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Umra ibodatini ado etuvchilar 11 kun mobaynida Ikki haramda toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlish bilan birga Makka va Madina shaharlarida muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q