Insonning uzoq umr koʻrishi nimalarga bogʻliq?

Saqlash
23:05 / 10.09.2024 854 0

Uzoq umr koʻrishni hamma birdek xohlasa kerak. Ayniqsa, bugungi davrda umrni uzaytirish boʻyicha tinimsiz izlanishlar olib borilayotgani buning yaqqol isboti. Mutaxassislardan xoli ravishda, koʻpchilik bu masalada oʻz qarashiga ega. Ammo bular shunchaki farazlardir. Chunki ekspertlar koʻrsatgan sabablar uzoq umr koʻrishni xohlovchi insonlarning xayoliga ham kelmagan.

 

SSV Matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, olimlar uzoq umr koʻrishning bir qancha omillari borligini taʼkidlamoqda. Bular quyidagilar:

 

▪️ Jins. Erkaklarga qaraganda ayollarning oʻlim darajasi yosh chegarasidan qatʼi nazar past boʻlar ekan. Buni isbotlash uchun qilingan tahlillar ayollar erkaklarga qaraganda oʻrtacha 7–10 yil koʻproq yashashini koʻrsatadi.

 

Baʼzi tadqiqotlar bunda asosiy sababni qisman erkaklarning xavfli xulq-atvori bilan bogʻlaydi. Bu esa ular orasida baxtsiz hodisalarning ortishiga olib kelishi mumkin ekan.

 

▪️ Genetika. Baʼzi olimlarning fikricha, irsiyat oʻlimning 10 ta asosiy sabablaridan toʻqqiztasida muhim rol oʻynashi mumkin. Masalan, quyidagi xastaliklarda:

 

✔️yurak kasalliklari;

✔️saraton;

✔️surunkali pastki nafas yoʻllari kasalliklari;

✔️ insult yoki serebrovaskulyar xastalik;

✔️Alsgeymer;

✔️qandli diabet;

✔️buyrak kasalliklari.

 

▪️ Perenatal va bolalar kasalliklari. Bachadonda, tugʻilish payti va juda erta bolalikdagi noqulay sharoitlar, hatto keksalikda ham oʻz taʼsirini koʻrsatish ehtimoli bor ekan. Ishonish qiyin. Yaʼni, bu yoshlikda olingan jarohat kishining umrini qisqartirishi mumkin degani.

 

▪️ Moliyaviy holat. Tushuntirilishicha, moliyaviy balans tushgan sari umr koʻrish davomiyligi ham pasayadi. Chunki bu omil qanchalik yuqori boʻlsa inson shunchalik oʻz sogʻligi haqida qaygʻuradi. Masalan, vaqtida shifokor qabulida boʻlib, kasalliklarning oldini oladi, sogʻlom turmush tarzi bilan shugʻullanishga ham imkon topadi. Natijada koʻproq jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadi, kamroq chekadi va oʻzi uchun normal boʻlgan vaznni saqlashga harakat qiladi. Bunday sogʻlom turmush tarzi orqali umr davomiyligi ham oshadi.

 

▪️ Oilaviy ahvol. Turli tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, nikoh yoki uzoq muddatli munosabatlar yurak holatini yaxshilashi, ruhiy salomatlikka salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan izolyatsiya va yolgʻizlikdan xalos boʻlishga yordam beradi.

 

Bundan tashqari, mazkur omil odamlarni shifokor koʻrigidan muntazam ravishda oʻtib turish va yomon odatlardan voz kechish kabi sogʻlom tanlov qilishga undaydi.

 

▪️ Turmush tarzi. Bu omilning erta oʻlimga olib keluvchi sabablariga notoʻgʻri ovqatlanish, kam harakatlanish, tamaki va spirtli ichimliklarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish, xavfli xatti-harakatlar, ish joyidagi va transport vositalaridagi xavfsizlik kiradi.

 

Shuningdek, bugungi kunda semirish ham barvaqt oʻlimga olib keluvchi sababdir.

 

Maʼlumotda keltirilishicha, dunyoda katta yoshli insonlarning qariyb 5 foizi ushbu muammodan aziyat chekadi. Bu koʻrsatkich 1962-yilda taxminan 1 foizni tashkil qilgan.

 

Hozirda katta yoshli aholining qariyb 70 foizi ortiqcha vaznga ega (1962-yilda 46 foiz boʻlgan).

 

▪️ Tibbiy texnologiyalar. Taʼkidlash lozim, tibbiyotdagi yutuqlar umr koʻrish davomiyligini oshirishga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Jumladan, antibiotiklarning yaratilishi va emlashning joriy qilinishi, shuningdek, jarrohlik, kardiologik yordam va organlar transplantatsiyasining takomillashtirilishi umr koʻrish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Xulosa oʻrnida, agar kishi uzoq umr koʻrishni maqsad qilgan boʻlsa, shifokor qabuliga tez-tez kelib turishi, jiddiy kasalini erta davrdayoq davolashi lozim boʻladi. Eng asosiysi esa, sogʻlikka beeʼtibor boʻlmaslikdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//