Sport
Hasanboy Doʻsmatov “The Ring” nashriga professional ringda chempionlik jangini oʻtkazish imkoniyati koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Oʻzbekistonlik bokschi deyarli hamma narsaga erishib boʻlganini aytar ekan, agar erishish qolgan narsa boʻlsa, bu faqatgina professional boksda jahon chempioni boʻlishini taʼkidlagan.
“Men dunyodagi hamma narsaga erishdim, dunyodagi har bir turnirda gʻalaba qozondim. Men ikki karra Olimpiada gʻolibiman va Val Barker kubogi sohibiman, ehtimol bu havaskor boks tarixidagi oxirgisidir.
Agar men erishmoqchi boʻlgan narsa qolgan boʻlsa, bu professional jahon chempioni boʻlishdir. Men minimal vazn toifasida WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni unvoniga majburiy daʼvogarman. Jamoam bilan chempionga qarshi kurashish imkoniyati haqida gaplashyapman. Biroz dam olganimdan soʻng, minimal vazn toifasida WBA chempionligi uchun ringga chiqishga tayyor boʻlaman, lekin jang qilishni istagan har qanday yuqori vaznli yigitlar, chempionlar uchun ochiqman” degan Doʻsmatov.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
110086
Jamiyat
94319
Jamiyat
90187
Jamiyat
73520
Jamiyat
//
Izoh yo‘q