Sport
Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Bugun, 10-sentyabr kuni Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bu haqida Sport vazirligi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, 197 ta erkaklar, 184 ta ayollar jamoalari ishtirok etayotgan ushbu olimpiadada 10 nafar shaxmatchi har ikkala guruhda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Turnir shveysarcha formatda 11 tur davom etadi.
Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi aʼzolari maʼlum qilindi.
Erkaklar:
▪️ Nodirbek Abdusattorov;
▪️ Javohir Sindarov;
▪️ Nodirbek Yakubboyev;
▪️ Shamsiddin Vohidov ;
▪️ Jahongir Vahidov.

Ayollar:
▪️ Afruza Hamdamova;
▪️ Nilufar Yakubbayeva;
▪️ Umida Omonova;
▪️ Marjona Malikova;
▪️ Nodira Nodirjonova.
.jpg)
Taʼkidlanishicha, olimpiada 11-sentyabr kuni start oladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi amaldagi chempion sifatida oʻz unvonini himoya qiladi.
Maʼlumot uchun, 2026-yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109776
Jamiyat
94152
Jamiyat
89956
Jamiyat
73147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q