Jamiyat
Migrantlar Sochidagi reydlar paytida qoʻpol munosabatdan shikoyat qilmoqda, deb yozdi Migrant.uz.
Xabarga koʻra, Krasnodar oʻlkasida migrantlarga qarshi katta reydlar davom etmoqda.
Nashrga bir necha nafar oʻzbekistonlik migrant murojaat qilgan boʻlib, ular tekshiruvlar paytida qoʻpol munosabat va turtkilashga duch kelishganini aytgan.
Xususan, murojaatchilardan birining soʻzlariga koʻra, uni va boshqa migrantlarni huquqni muhofaza qilish organlari bevosita ish joyida, yaʼni qurilish maydonida tekshira boshlagan.
Xabarda keltirilishicha, oʻzbekistonlik ishchining barcha hujjatlari joyida boʻlgan. Bu hujjatlarni toʻgʻrilash uchun u hatto ancha mablagʻ sarflaganini bildirgan. Garchi hujjatlar bor boʻlishiga qaramay, politsiya va OMON uni va boshqa migrantlarni avtozakka oʻtirgʻizib, Adler politsiya boʻlimiga olib borgan.
U yerda ishchilar 8 soatdan ortiq muddat davomida sababsiz ushlab turilgan. Yakunda hujjati bor migrantlardan kamchilik topilmagan. Ular qoʻyib yuborilgan.
“Ish kuni behuda ketdi. Bu kun uchun ish beruvchi bizga hech narsa toʻlamaydi. Hujjatlar bor, lekin bari-bir boʻlimga olib borishadi. Men hujjatlarim borligini aytishga harakat qildim, nega boʻlimga borishim kerak desam, shunda xodim hujjatlarimni qoʻlimdan tortib olib, meni avtobusga itarib yubordi, baqirib, qoʻpol gapirib, soʻkindi”, degan oʻzbekistonlik.
Bu birgina holat emas. Xabarda, shuningdek, yana bir migrantning murojaati keltiriladi.
“Yana bir oʻzbekistonlik suhbatdoshimiz, Sochida har kuni reydlar oʻtkazilayotganini aytadi. “Reydlar juda jiddiy, ishlashning iloji yoʻq”, deb shikoyat qilmoqda oʻzbekistonlik E.O. ”, deb yozadi nashr.
Taʼkidlanishicha, hududiy politsiya xodimlari nafaqat turar joylarda, balki qurilish maydonlarida, bozorlarda va migrantlar koʻp yigʻiladigan boshqa joylarda tekshiruvlarni faol oʻtkazmoqda. Bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻzlarining rasmiy resurslarida ham xabar bermoqda.
Jumladan, 6-sentyabr kuni Krasnodar shahri boʻyicha Rossiya Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun bir sutkada 52 ta maʼmuriy protokol tuzilganini maʼlum qilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q